Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Barselona» safarda «Leganes» klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Yusuf en-Nesiriy o'z imkoniyatidan juda samarali foydalandi. U jarima maydoniga kirdi va chap oyoqda zarba berib, to'pni olis "to'qqizlik"ga joylab qo'ydi.Valverde shogirdlari to'pni nazorat qilgan bo'lsalar-da, tanaffusga qadar golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi. Ikkinchi bo'limda esa kataloniyaliklar "standart"dan foydalanib hisobni tenglashtirishdi. Messi etkazib bergan uzatmani Luis Suares bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida esa "ko'k-anorranglilar" burchak zarbasini amalga oshirishgan paytda to'p himoyachiga tegib, ofsayd holatdagi Vidalga borib tushdi. Arturo juda yaqin masofadan darvozani zabt etdi. Hakam VAR bilan maslahatlashib, to'pning himoyachidan borganini inobatga oldi va golni hisobladi.Ushba g'alaba tufayli "Barsa" o'z ochkolarini 28taga etkazdi va peshqadamlik qilishda davom etadigan bo'ldi.Ispaniya chempionati, 14-turLeganes – Barselona 1:2 (1:0)Gollar: 1:0 – 12 En-Nesiri, 1:1 – 53 Suares, 1:2 – 79 Vidal. Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Omeruo (Tarin, 83), Silva, Siovas, Mesa (Karrilo, 83), Ruben Peres, Oskar Rodriges (Eraso, 61), Rosales, Breytueyt, En-Nesiri.Barselona – ter Stegen, Vage, Pike, Umtiti, Firpo, de Yong (Fati, 70), Buskets (Rakitich, 57), Dembele, Suares, Grizmann (Vidal, 57), Messi.Ogohlantirishlar: Mesa (20), Buskets (32), Vidal (90).
23-Noyabr 2019,19:00
Qachongacha barsani o'yinini yurak hovuchlab koramiz
Javob
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0