Xavi birinchi o'yindan xulosa chiqardi, ammo bu uning raqibini umuman bezovta qilmadi. Keling uchrashuvni tahlil qilib ko'ramiz.
"Manchester Yunayted" va "Barselona" o'rtasidagi Evropa ligasining javob uchrashuvida ikki xil bo'lim bo'lib o'tdi. Agar birinchisi teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa (zarbalarda 4-4), ikkinchisida inglizlar ispanlarni nokautga uchratishdi (zarbalarda 8-2). Bu qanday sodir bo'ldi?
"Barsa" birinchi bo'limda Xavining maydon markazida yaratgan son ustunligi evaziga g'alaba qozondi
Dastlabki o'yinda har ikki jamoa 4-3-3 sxemasida harakat qilishdi. Himoya vaqtida “MYu”ning markaziy yarim himoyachilari har biri o'ziga biriktirilgan futbolchi bilan o'ynash tamoyili asosida harakat qilib, raqiblarga imkon qoldirmagan edi. E'tiborlisi, mankunianliklarning ikkala goli ham bosim natijasida yuzaga keldi.
Birinchi uchrashuvni esga olgan Xavi javob o'yinida jamoasining harakatlariga o'zgartirishlar kiritdi. Maydon markazida to'rt nafar yarim himoyachi paydo bo'ldi Buskets, de Yong, Kessie va Roberto. O'yindan oldingi tarkibda Robertoni 4-3-3 sxemasida chap qanot hujumchi sifatida ko'rsatishgan, ammo to'pga egalik qilgan holda u maydon makazida harakat qildi. Uning o'zini tutishi 33 yoshli Jordi Alba emas, balki 19 yoshli Aleks Baldening chap himoyada maydonga tushishiga sabab bo'lgan. Qanot futbolchisining yo'qligi himoyachining doimiy faolligi bilan qoplanishi kerak edi, yosh yigit bu rolga ko'proq mos edi.
“Barselona” sxemasi
Xavining bunday moslashuvi "Barselona"ga bosimini engib o'tib, doimiy ravishda boshqalarning maqsadiga erishish imkonini berdi. Agar qanotlardan o'yinchilar "Manchester Yunayted" maydonining markazida o'yinchilarga yordamga kelgan bo'lsa, “ko'k-anorranglilar” chekkada, bo'lmasa maydon o'rtasida erkinlik olishdi. De Xea darvozasiga penalti belgilagan hujum ispanlarning o'z darvozalaridan boshlangani e'tiborga molik.
"Barselona"ning yarim himoyadagi son ustunligiga misol
Erik ten Xag Xaviga javob berishi kerak edi. Aks holda, “Manchester Yunayted” Evropa Ligasidan chiqib ketish xavfini jiddiy o'z zimmasiga oldi.
“Manchester Yunayted” ustozi hujumni maksimal faollashtirish bilan javob qaytardi
Ten Xag tarkibga muhim o'zgarishlar kiritdi. Birinchidan, u Fernandeshni hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ziga qulay holatga keltirdi. Ikki bo'limning ikkinchi daqiqasidayoq odatiy rolda portugaliyalik golli uzatmani amalga oshirgani naqadar ramziy! Ikkinchidan, murabbiy o'yinni yuqori tezlikdagi futbolchilar bilan kuchaytirdi. Ulardan biri - Antoni gol urdi!
"Manchester Yunayted"ning birinchi bo'limdagi sxemasi
"Manchester Yunayted"ning ikkinchi bo'limdagi sxemasi
Ammo murabbiy faqat kadrlar o'zgarishi bilan cheklanib qolmadi. Ten Xag uslubiy o'zgarishlar haqida ham g'amxo'rlik qildi. "Barselona" himoyachilarini muntazam ravishda oyoqqa turg'izish uchun "Manchester Yunayted" jarima zarbalarini tez o'ynab ketishdi. Shu tariqa mezbonlar tezlikni oshirishga muvaffaq bo'lishdi.
Shu bilan birga, “MYu”ning ikkinchi bo'limdagi uzatmalardagi aniqligi u qadar ham muhim emasdi. Chunki aniq uzatma berish qanchadir vaqtni olishini tushungan holda futbolchilar tezroq to'pgan qutulishga harakat qilishdi. Shundan so'ng kataloniyaliklar sarosimaga tushib qolishdi. Agar mezbonlar aniqlik haqida o'ylab, sifatni birinchi o'ringa qo'yishganda edi, unda tezlikni oshirish haqida gap bo'lishi mumkin emasdi.
Birinchi bo'limda mag'lubiyatga uchragan va tubsiz jar yoqasiga kelib qolgan “Manchester Yunayted” raqibning kuchli va zaif tomonlariga e'tibor bermay, yakka o'zi juda yaxshi o'ynay olishini ko'rsatdi. E'tiborlisi, bo'limda ten Xag o'zining harakatlari bilan birdaniga ikkita muammoni hal qildi - u raqib darvozasi oldida vaziyatlarni ko'paytirdi va raqibning shijoatini bo'g'ib, o'z jarima maydonchasidagi yukni kamaytirdi, buni statistika ham yaqqol isbotlab turibdi. Bunday jamoani kubok uchun asosiy da'vogar hisoblasa bo'ladi.
24-Fevral 2023,13:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0