Milanning "Inter" klubi yozgi transfer oynasida o'yinchilarni sotishdan mablag' ishlab olishni rejalashtirmoqda, ammo Nikolo Barellani qo'yib yuborish niyatida emas.
26 yoshli yarim himoyachiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" italiyalik futbolchini transfer bozordagi asosiy maqsadlardan biri deb bilishmoqda.
Football Italia nashri xabariga ko'ra, "Inter" futbolchini o'z safida saqlab qolish uchun hamma narsani qiladi. Shu sababli, Denzel Dyumfris va Marselo Brozovich esa transferga qo'yishi mumkin, chunki ularning sotuvidan tushgan mablag' Barella bilan barbod bo'lgan kelishuvni qoplaydi.
Mish-mishlarga ko'ra, Dyumfriesga Angliya klublari, jumladan, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda, "Barselona" esa Brozovichga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor.
25-Fevral 2023,23:20
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0