Barselona shahri prokuraturasi «Barselona» klubiga nisbatan shikoyat kiritdi. Klub hakamlar bilan korruptsion aloqalarni o'rnatganlikda ayblanmoqda. Ushbu shikoyat "Negreyra ishi" bilan bog'liq bo'lib, "Barselona" Ispaniya hakamlar qo'mitasining sobiq vitse-prezidenti Enrikes Negreyraga 2021 yilda 6,66 million evro pul to'lagan. Bundan tashqari, prokuratura Negreyraning o'zi, "Barselona" klubi sobiq prezidentlari Jozep Bartomeu va Sandro Rosel, klub sobiq direktorlari Oskar Grau va Albert Solerni mazkur ishga aloqadorlikda ayblamoqda. Ular korruptsiyaga yo'l qo'yganlikda, klubni noxolis boshqarishda va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanishmoqda. Prokuratura bu borada quyidagicha bayonot berdi:«Prezidentlar Sandro Rosel va Jozep Mariya Bartomeu orqali «Barsa» Negreyra bilan og'zaki kelishuvga erishgan bo'lib, unga ko'ra, hakamlar qo'mitasining vitse-prezidenti pul evaziga hakamlarning "Barselona" foydasiga qaror chiqarishiga erishmoqchi bo'lgan».
10-Mart 2023,22:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0