«Barselona» klubi Gavining yangi shartnomani o'tkazish haqidagi sud qarori bekor qilinganiga munosabat bildirdi.Eslatib o'tamiz, La liga dekabr oyida Gavining yangi shartnomasini ro'yxatdan o'tkazishni istamagandi. Ammo kataloniyaliklar ushbu masalada sudga murojaat qilib, vaziyatni o'z foydasiga hal qilgandi. Shundan so'ng Gavi 30-raqamdan voz kechib, 6-raqamli futbolkada o'ynay boshladi. La liga esa sud qarori ustidan apellyatsiyaga bergandi. Bugun esa apellyatsiya sudi avvalgi qarorni bekor qilgan. Bunga sabab sifatida «Barselona» sudga muddat o'tib ketganidan keyin murojaat qilgani ko'rsatildi. Klub esa ariza o'z vaqtida berilganini ta'kidlamoqda. Shu bois, jamoa yana apellyatsiya beradi. Yakuniy qaror qabul qilinmaguncha Gavi 6-raqamda o'ynashda davom etadi.
13-Mart 2023,22:50