Ma'lumotlarga ko'ra, "Real"dagilar chempionlik uchun kurashda "Barselona"ga mag'lub bo'lishganini tushingan. Bunga asosiy sabab sifatida jamoa tarkibi etarli darajada kuchaytirilmagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.
"Real" rahbariyati VARga bo'lgan ishonchni ancha oldin yo'qotgandi. Ularning fikricha, bu tizim turnirga ta'sir o'tkazmoqda. "Real"dagilarning fikricha, joriy mavsum VAR chiqargan qarorlar "Barselona" foydasiga ishlamoqda. "Negreyra ishi" bo'yicha ma'lum bo'layotgan infolar "Madrid"dagilarning bu fikrini yanada tasdiqlab bormoqda.
Misol sifatida "Barselona" hamda "Valensiya" o'rtasida o'tkazilgan bahsdagi vazit keltirilgan. O'sha o'yinda hakamlar 86-daqiqada Kataloniya klubi jarima maydonchasi ichida Frank Kessi hamda Fransisko Peres o'rtasidagi kontaktni ko'rib chiqishmagan. Bundan tashqari "Atletik"ning "Barselona"ga urgan goli bekor bo'lishi ham VARdagilarning xatosi deyilmoqda.
"Real"dagilar kecha bo'lib o'tgan "Barselona"ga qarshi bahsda ikki vaziyatda VARdan norozi bo'lishdi. Birinchisi - Marko Asensioning goli bekor bo'lganidan, ikkinchisi - Gavining Sebalosga ishlatgan folidan. "Barselona" yarim himoyachisi to'psiz turgan futbolchiga hujum qilgan. Gap bosh hakam qarorlari haqida emas, VARda ishlagan referilar haqida ketmoqda.
"Qirollik klubi"dagilarning fikricha, bunday voqealar Chempionlar ligasida sodir bo'layotgani yo'q. LaLiga va Chempionlar ligasidagi hakamlar ishi farq qiladi. "Bu faktlar, so'zlar emas" - dedi "Real"dagi manbalardan biri.
20-Mart 2023,20:15