Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli hujumchining otasi Bori Fati o'g'liga taqdim etilayotgan o'yin vaqtidan norozi va uni boshqa klubga ko'chib o'tishini istaydi.
"Agarda hammasi menga bog'liq bo'lganida, uni boshqa klubga olib ketardim, lekin u (Ansu) "Barselona"da qolishni istaydi. Ota sifatida meni jaxlim chiqyapti. Ansu bunday kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani asabimga tegmoqda va ba'zida men murabbiy sifatida emas, ota sifatida o'ylashni, fikrlashni boshlayapman. Men Mateu (Alemani "Barselona" direktorlaridan biri)ga qo'ng'iroq qildim, u bizga Ansu klubning muhim futbolchisi ekanligi, ular o'g'limga to'liq ishonishi va qadrlashini aytdi.
Ota sifatida meni fikrim boshqacharoq, balki men adashayotgandirman. U sizning 10-raqamli o'yinchingiz, u bu raqamni (Lionel) Messidan keyin hech kim olishga jazm eta olmayotganda bajardi. Menga esa ularning o'g'limga nisbatan munosabati butkul yoqmayapti. Men daqiqalarni nazarda tutyapman. Bir daqiqa, ikki, uch… Jarohatdan avval u Grizmann, Dembele va Suares bor tarkibda muhim futbolchi edi. Xop, Ansu asosiy tarkibda o'ynasin demayapman, klubdagi barcha hujumchilar fenomenal darajadaligini bilaman, lekin biz Ispaniya va barselonalik, "La Masiya"dan chiqqan Ansu Fati haqida gapiryapmiz..."
Avvalroq, aynan Bori Fati Tvitterda "Barselona" sahifasini o'qishni to'xtatib, "Bavariya"ga obuna bo'lgani e'tiborimizni tortgandi.
29-Mart 2023,19:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0