Firmino – tirik revolyutsiya (Erkin G‘aybullaev blogi)
Lekin hozir hammasi o‘zgargan.
Futboldagi eng muhim jihatlardan biri – bu futbolchilarning pozitsiyasi va maydondagi roli hisoblanadi. Bizning ongimizga singib ketgan: darvozabon – qaytaradi, himoyachi – himoya qiladi, hujumchi – gol uradi, yarim himoyachi – maydon markaziga javob beradi.
Shuning uchun biz jamoa ko‘p gol o‘tqazsa darvozabon va himoyachilarni ayblaymiz, kam gol ursa hujumchilardan ayb qidiramiz. Biz shunday o‘rganib qolganmiz.
Lekin hozir hammasi o‘zgargan.
Darvozabonlar ham hujum boshida ishtirok etishyapti (Noyer, Alisson, Ederson), himoyachilar ajoyib uzatmalarni oshiryapti (Maguayr, Kulibali, Lyaport, Van Deyk), hujumchilar esa ajoyib tarzda himoyalanishni ham eplashyapti (Gabi Jezus, Grizmann, Firmino).
Futbolchilar universal bo‘lib qoldi hozir. Shuning uchun hozir futbolda yarim himoyachilar ko‘payib qolgan. Pep Gvardiola bir paytlar aytgandi, men maydonda 11 ta yarim himoyachi bilan o‘ynashga tayyorman, o‘yin oxirida esa tayanch yarim himoyachilarimni himoyachi sifatida maydonga tushirardim.
Hujumchilar ham himoyaga maksimal tarzda yordam beryapti.Roberto Firmino – futbol tarixida tayanch hujumchi yoki jamoaning birinchi himoyachisi nomini oldi.
Firminoning o‘yinini kuzatgan muxlislar uning universal ekanligini tushunib etishadi.
Firmino – qolipdan chiqqan hujumchi.
Roberto “Liverpul”ga 2015-yilda oddiy hujumkor yarim himoyachi sifatida keldi. Ha, aynan yarim himoyachi. Kelganidan so‘ng, Brendan Rojers uni hujum ortida ham sinab ko‘rdi. Ammo unchalik o‘yini o‘xshamadi Robertoni.
Oktabr oxirida esa Klopp keldi. U Firminoni hujumda sinadi. Aniqrog‘i “yolg‘onchi to‘qqizlik” sifatida. Futbolchi u erda o‘zini yaxshi his qildi va haligacha shu pozitsiyada o‘ynayapti.
Klopp Firminodagi to‘psiz ham pressingda yaxshi qatnashishi, intensivlik sifatlarini yuqori baholagan. “Liverpul”ga kelgunga qadar Roberto barcha pozitsiyalarda o‘ynab ko‘rdi. Faqatgina darvozabon va markaziy himoyachi rolida o‘ynamadi, xolos. Professional faoliyatini tayanch yarim himoyachisi sifatida boshlagan.
Firminoning birinchi murabbiyi Gilero Farias: “Roberto 17 yoshidan keyin hujumkor yarim himoyachiga aylangan. Ungacha esa tayancha harakat qilardi. U to‘pni qoida buzishlarsiz olib qo‘ya olardi” – degan edi.
Klopp: “Men uni Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri deb hisoblardim. Uning jamoamda ekanligidan esa judayam faxrlanaman” – deb aytgandi.
Firmino Angliyaga kelishi bilan jamoadoshlariga pressing qilishni va to‘p yo‘qotilgan tezkorlik bilan unga tomon intilishni ko‘rsatib berdi. Uni “yolg‘onchi to‘qqizlik” deb atashadi va bu nom ko‘pchilikka nasib etmaydi.
“Yolg‘onchi to‘qqizlik”ning ma’nosi – futbochi maydon markaziga boradi va unga to‘p tushgach yo dribling evaziga oldinga intiladi yoki jamoadoshlariga ha qiluvchi oshirishni amalga oshiradi. Pep qo‘l ostida Messi xuddi shunday vazifani bajargan.
Firminoda yana bir vazifani bajaradi: u markazga boradi, raqib futbolchilarni uni yoniga kelganda, boshqa jamoadoshlarida ochiq zonalar paydo bo‘ladi.
O‘zining kimligini aytishni istamagan bir murabbiy Athletic nashriga bergan intervyusida: “APLda Firminoga qarshi o‘ynashni istamayman. U sizni o‘zingiz istamagan joylarga olib boradi. Uni yopaman deb ortidan yurishingiz qolgan ikki futbolchini, Salah va Maneni ochiq qoldirishingizni anglatadi. Roberto katta ko‘lamdagi ishni bajaradi. U bilan “Liverpul” maydonda bitta futbolchi ko‘p harakat qilayotgandek taassurot uyg‘otadi.” – degan edi.
Eng qizig‘i, Firminoga qadar jamoa hech qachon bunaqa pressingli sistemada harakat qilmagan. Kloppning aytishi bo‘yicha pressing unga tabiat tomonidan in’om etilgan. U pressingga borayotgan vaqtda ko‘p o‘ylab o‘tirmaydi, pressing unga instink darajasida bo‘lib ketgan deb aytadi nemis murabbiyi.
Mashhurlar Firmino haqida:
Venger:“Roberto men ko‘rgan hujumchilar ichida eng sermahsuli hisoblanadi. O‘zi haqida o‘ylamasdan faqat jamoa haqida bosh qotiradi. Jamoa muvaffaqiyati u uchun eng muhimi. Ajoyib o‘yinchi.”
Terri Anri:“APLdagi turli sifatlarga ega hujumchilardan hisoblanadi. Men unga o‘xshagan har xil harakatlarni qila oladigan boshqa hujumchini ko‘rmaganman.”
Mourino:“Obameyang “Liverpul”da hozirgidan ko‘proq gol urishi mumkin edi. Chunki u erda Roberto Firmino bor.”
Ouen:“Shunday hujumchisi borligi “Liverpul”ning omadi. U oxirida o‘zi haqida o‘ylashi mumkin. Saloh va Mane gol haqida o‘ylaydi. Firmino esa o‘zidan ko‘ra jamoadoshlari gol urishini ko‘proq istaydi.”
Stephan_El_Shaarawy
25-Noyabr 2019,11:38
25-Noyabr 2019,11:38
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
I
Imom_Qurbonov [375] [off] 12:09, 25-Nov
Kordilarmi firmino bomaydi deganla martinez keyn yana bowqa diysila
Javob
Kordilarmi firmino bomaydi deganla martinez keyn yana bowqa diysila
Javob
Stephan_El_Shaarawy [628] [off] 12:03, 25-Nov
Messi ham barcada shunaqa o'ynayotgandi avvalari hozir sal ozgargan
Javob
Messi ham barcada shunaqa o'ynayotgandi avvalari hozir sal ozgargan
Javob
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+19)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)