Xavi shakllantirgan «Barselona» Ispaniya chempionatida tobora navbatdagi «oltin»ga yaqinlashmoqda.Kataloniyaliklar 19 mart kuni «Kamp Nou»da «Real»dan ham 3 ochko tortib olishgach, La Liga-2022/2023ning asosiy masalasi kun tartibidan tushib qoldi, hisob. Har holda, «El-klasiko» natijasidan keyin turnir jadvali peshqadami va uning eng yaqin ta'qibchisi o'rtasidagi ochkolar farqi 12taga etdi. Finishgacha 12ta tur qolganini hisobga olsak, bu juda katta farq. Lekin sports.ru tasvirlari asosida tayyorlangan qo'yidagi maqola Ispaniya chempionatidagi raqobat emas, balki «Barselona»ning bitta qiziqarli statistik ko'rsatkichi haqida.Diqqat qiling, Kataloniya jamoasi navbatdagi chempionlik sari yo'lda aqlga sig'mas darajada kam gol qo'yib yubormoqda: 25ta o'yinda atigi 9ta (27-turdan keyin ham «Barsa»da bu ko'rsatkich — 9 bo'lib turibdi).*** «Real» Kataloniya klubiga atagan 4ta golidan 3tasini 1ta o'yin (Madriddagi «El-klasiko»)da yuzaga keltirdi. Bu «Barselona»ning jami qo'yib yuborgan gollaridan 33,3 foizidir. *** «Barselona» joriy mavsum boshqa turnirlarda o'z darvozasidan ancha ko'p to'p o'tkazib yubormoqda: 14ta o'yinda 22ta gol (1ta o'yinda o'rtacha hisobda 1,57ta gol).«Barselona»ning joriy mavsum kam gol qo'yib yuborish borasida Evropa milliy chempionatlari yuqori divizioni ishtirokchilari orasida birinchi o'rinda turgani o'z-o'zidan tushunarli. Ammo quyi divizionlarga qarasak, Kataloniya drujinasidan ham ishonchliroq klublar topiladi. Bular - Bosniya va Gertsegovina chempionati Ikkinchi divizioni ishtirokchilari «Gabela» va «Novi Grad».*** «Barselona»da kam gol qo'yib yuborish borasida La Liga rekordini yangilash imkoniyati juda katta. Hozirda eng yaxshi ko'rsatkich «Deportivo»-1993/1994 va «Atletiko»-2015/2016ga tegishli. Har ikki klub butun mavsum davomida 18tadan gol qabul qilgandi (o'rtacha hisobda 1ta o'yinda -0,47ta gol).*** Kam gol qabul qilish bo'yicha Evropaning kuchli 5ta ligasi rekordi esa mavsum-2004/2005da «Chelsi» tomonidan qayd etilgan. London jamoasi o'shanda APLdagi 38ta o'yinda atigi 15ta gol qo'yib yuborgandi. Demak, Xavi jamoasi top 5ta liga rekordini yangilashga ham urinib ko'rishi mumkin.«Barselona» shuning barobarida muayyan mavsumdagi «quruq» o'yinlari soni bo'yicha ham Evropa elit ligalari rekordini yangilashga harakat qilishi mumkin. Hozirda bu natija «Deportivo»ga tegishli. Diqqat qiling, La-Korunya jamoasi darvozaboni Fransisko Lyano mavsum-1993/1994 doirasidagi naq 26ta o'yinda gol qo'yib yubormagan. «Barselona» hozircha yomon ketmayapti. *** «Barselona» hisobida yana 12ta o'yin borligini hisobga olsak, jamoa «Deportivo» rekordini yangilash uchun ulardan 9tasida darvozasi daxlsizligini ta'minlashi kerak. Biroq oson emas: kataloniyaliklarni oldinda top-6ga mansub «Atletiko», «Betis» va «Real Sosedad» kabi klublarga qarshi o'yinlar kutmoqda.
4-Aprel 2023,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0