"Barselona" "PSJ" hujumchisi Lionel Messini jamoaga qaytarish choralarini ko'rmoqda, deb xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, klub argentinalik hujumchining qulay tarzda qaytishi uchun muhim qadamlarni qo'ygan. Qadamlardan biri himoyachi Jerar Pikening ketishi edi. Messi va Pike yomon xayrlashishgani xabar qilingandi. Lionelning fikricha, Pike uning klubdan ketishida faol ishtirok etgan.
Shuningdek, "Barselona" Serxio Buskets va Jordi Alba bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi.
Oldinroq argentinalik hujumchi "PSJ" bilan yangi shartnomadan bosh tortgani va "Barselona"ga o'tishga qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Argentinalik hujumchi joriy mavsum chempionatda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
10-Aprel 2023,09:20