Odatga aylanayotgan g'alati xolat
Istalgan sport turi bo'lmasin, chempionlikni qo'lga kiritishdan ko'ra uni ushlab qolish mushkulroq. Ushbu atama futbolga ham yuz foiz taluqli desak, adashamgan bo'lamiz. Ayniqsa, so'nggi JChda g'olib chiqqan jamoalarning keying mundialda ishlari sira yurishmayapti. Bugun biroz o'tmishga nazar solamiz.Braziliya 1966-yilBarchasi aynan Braziliya terma jamoasidan boshlangan edi. Angliyada bo'lib o'tgan musobaqaga amaldagi chempionlar sifatida tashrif buyurgan charp to'p afsungarlari o'rtamiyona guruhda qolib ketishgan edi. To'g'ri, u paytga kelib Braziliyada avlodlar almashinuvi kuzatilayotgan va davlat siyosiy muammolar girdobida qolgan edi. Balki, shu sabab ushbu yurt vakillari guruhdan chiqa olmagan ilk amaldagi jahon chempionlariga aylangan bo'lishsa, ajab emas.Frantsiya 2002-yilEng qizig'I shundaki, Frantsiya ushbu musobaqaga qadar, qit'a chempionligi va konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritgan jamoa edi. Tarkibida Anri, Zidan, Viltor singari ijrochilari bor jamoa ilk uchrashuvda mundialda debyutini o'tkazayotgan Senegallga imkoniyatni boy berib qo'yadi. Ushbu tarsakidan o'ziga kela olmagan frantsuzlar ikkinchi turda Urugvay bilan during o'ynashadi va xal qiluvchi turda Daniyadan javobsiz ikkita gol qabul qilib olishadi. Eng achinarlisi shundaki, o'z davrining eng hujumkor jamoasi Yaponiya va Koreyada bo'lib o'tgan musobaqani birorta gol ham kirtmay turib tark etadi. Musobaqadan so'ng, Lemier Frantsiya terma jamoasi postini o'z istagi bilan tark etdi.Italiya 2010-yilItaliya terma jamoasini 2006-yildagi mundial g'olibligiga boshlab borgan Marchello Lippining musobaqa starti oldidan terma jamoaga qaytishi ko'plab muxlis va mutaxassislarda qiziqish uyg'otgan bo'lsada, hammasi o'zgacha ko'rinish oldi. Bir qarashda kuchsiz guruhdan o'rin olgan Italiya guruha so'nggi pog'onada qolib ketishga majbur bo'ldi..Avvaliga Paragvay bilan o'yinda mag'lubiyatdan zo'rg'a qutulib qolgan Italiya ikkinchi turda Yangi Zellandiyaning qarshiligini sindira olmaydi. Uchrashuv davomida amaldagi chempionlar qanchalar urunishmasin, so'nggi zarbani beruvchi futbolchi topilmadi va tomonlar ochkolarni bo'lishib olishdi. Tan olish lozim, Italiya birinchi turda o'zining asosiy davrozaboni sanalmush Janluiji Buffoni yo'qotgach, guruh o'yinlarini ikkinchi darvozabon bilan o'tkazishga majbur bo'lishgan va Buffoning yo'qligi ham natijaga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Hal qiluvchi turda Slovakiya bilan to'qnash kelgan Italiya uchun durang natija ham play-off yo'llanmasini taqdim etar edi, biroq o'sha bahsda Italiya 2 : 3 natijasi bilan mag'lub bo'ladi va musobaqani alamli tarzda tark etadi. Terma jamoaning omadsiz ishtirokidan so'ng, Lippi barcha aybni o'z zimmasiga oldi va ko'p o'tmay iste'fo e'lon qildi. Ispaniya 2014-yilO'zining oltin davrini o'tkazgam Ispaniya futboli ham bu muammoni bartaraf etishning uddasidan chiqa olmagani ajablanarli. 2014-yilda Braziliyaga amaldagi JCh va «Evro» g'olibi sifatida tashrif buyurgan ispanlar ham o'z guruhlarida qolib ketishgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas. Ispaniyaning oltin avlodi ilk uchrashuvdayoq Gollandiyadan 1 : 5 hisobidagi ayanchli mag'lubiyatni qabul qilib olgan bo'lsa, ikkinchi turda Chiliga 0 : 2 hisobida mag'lubiyatga uchraydi. Hech narsani o'zgartirmaydigan 3-tur o'yinida Avstraliya ustidan g'alaba qozongan Ispaniyaning ortga qaytishdan boshqa chorasi qolmaydi. Ushbu omadsizlik ispaniyalik muxlisalrni shok xolatiga tushirib qo'ygan bo'lsada, Visente Del Boske o'z o'rnida yana 2 yil o'tiradi va 2016-yildagi qit'a chempionatidan so'ng iste'foga chiqadi.Germaniya 2018-yilRossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqaga amaldagi chempionlar sifatida tashrif buyurgan Germaniyaning imkoniyatlariga hech kim shubha qilmagani aniq. Shvetsiya, Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi guruh bosqichida to'p surgan jamoaning guruhda qolib ketishi hech kimning xayoliga ham kelmagan bo'lsa, ajab emas. Avvaliga Meksikaga sensatsion tarzda mag'lub bo'lgan Germaniya Shvetsiya ustidan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ladi, biroq hal qiluvchi uchrashuvda qit'adoshlarimizdan uchralgan mag'lubiyat butun nemis futbolini larzaga solib yuboradi. Ushbu omadsizikdan to'g'ri xulosa chiqargan Germaniya terma jamoasi qisqa fursatda yoshartirilgan va yangi nomlar bilan boyitilgan xolda qayta tuzib chiqishni uddalagani tahsinga sazovar.
Stephan_El_Shaarawy
25-Noyabr 2019,13:24
25-Noyabr 2019,13:24
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (6)
I
Imom_Qurbonov [375] [off] 07:34, 26-Nov
Arg da avlod almawmadi endi sekn bolyapti endi faqat galaba
Javob
Arg da avlod almawmadi endi sekn bolyapti endi faqat galaba
Javob
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+17)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)