“Barselona” Lionel Messi transferi klubga moliyaviy jihatdan ta'sir ko'rsatishini kutmoqda.Argentinalik futbolchining qaytarish Kataloniya jamoasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Leoni yangi mavsum rejalariga kiritgan. Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchini nafaqat sport, balki, hissiy va moliyaviy sabablarga ko'ra ham qaytarmoqchi. Klubga yaqin manbalarning ma'lum qilishicha, bu jamoaning keyingi mavsum umumiy daromadi 25 foizini tashkil qilishi mumkin.Qayd etilishicha, pandemiyaga qadar Messining “Barselona” daromadiga ta'siri yiliga 250-300 million evroni tashkil etgan.“Barselona” argentinalik futbolchiga 1 yoki 2 yillik shartnoma taklif qiladi. Agar Messi ikkinchi variantga rozi bo'lsa, klubning 125 yilligiga bag'ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. 35 yoshli Leoning “PSJ” bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
19-Aprel 2023,23:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0