Dani Alves zo'rlash ishi tufayli qamoqdan ozod etilishini so'radi.
"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kataloniyadagi tungi klubda qizni zo'rlaganlikda ayblanib, yanvar oyidan beri hibsda saqlanmoqda. Unga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Bugun ertalab Alvesning advokatlari yana sudyadan mijozni vaqtinchalik ozod qilishni so'rashdi. Advokatlar, jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqa o'zaro kelishuv asosida bo'lganligi bilan oldindan ozod qilish zarurligini ta'kidlamoqda.
Dalil sifatida advokatlar tungi klubda kuzatuv kameralari tomonidan olingan suratlar bo'yicha ekspert xulosasini taqdim etdi. Himoyaga ko'ra, suratlar sudlanuvchi va jabrlanuvchining jinsiy aloqa qilishdan oldin noz-karashma qilgani, birga raqsga tushgani va ichishganini, Alves buni qilganidan keyin qiz o'z ixtiyori bilan hojatxonaga kirganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, advokatlar sudni Dani Ispaniyani tark etmasligiga ishontirishga harakat qilishdi.
21 fevral kuni Kataloniya sudi xuddi shu dalillarga asoslanib, Alvesni ozod qilish haqidagi iltimosni rad etgan edi.
20-Aprel 2023,19:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0