Xavi "Atletiko"ga qarshi o'yinning qaydnomasiga 15 yoshli hujumchisi Lamin Yamalni kiritdi.
Agar Yamal maydonga tushsa, u La Ligada "Barselona"da o'ynagan eng yosh futbolchiga aylanadi.
"Chaqirilgan har bir kishi o'ynash imkoniyatiga ega. Yamal bizga yordam bera oladi, uning iqtidori bor, u yosh va kuchli. Futbolchi sifatida esa Lamin davrni belgilashi, klub uchun muhim futbolchiga aylanishi mumkin.
U qo'rqmaydi, biz uni qaydnomaga kiritdik, u bilan gaplashdim, u o'yinga tayyor. O'ylaymanki, u bizga yordam bera oladi", - dedi Xavi.
"Barselona" bosh murabbiyi, shuningdek, Yamalning shartnoma muddati tugashi va klub uni uzaytirishga ko'ndirmoqchi bo'lgani uchun chaqirilganini ham rad etdi.
"Biz hozirgi kunga e'tibor qaratamiz. U juda yaxshi o'ynadi. Menga ko'rganlarim yoqdi, shuning uchun uni chaqirdik.
Uning shartnomasi tugashining bu chaqiruvga hech qanday aloqasi yo'q. U yaxshi mashg'ulot o'tkazdi, juda ko'p iqtidorga ega va yoshiga qaramay asosiy tarkibda o'ynay oladi", - deya qo'shimcha qildi Xavi.
22-Aprel 2023,20:10