Biz yozgi transfer oynasida "Barselona" sotishi mumkin bo'lgan futbolchilarni saralab ko'rdik. Asosiy sabab jamoada pul etishmasligi va moliyaviy muammolar. Quyida esa "Barselona"dan ketishi mumkin bo'lgan nomlar haqida so'z yuritamiz.
Gavi (Ispaniya, yarim himoyachi, 18 yosh)
"Chelsi" Gavini qo'lga kiritish orqali tarkibini kuchaytirmoqchi, ammo "Barsa" boshliqlari futbolchini qo'yib yuborgisi kelmaydi. Xavi allaqachon futbolchiga tayanishini aytgan. Shunday ekan Gavining jamoadan ketishi moliyaiy muammolar bartaraf etilmasa amalga oshishi mumkin.
Frank Kesse (Kot-d'Ivuar, yarim himoyachi, 26 yosh)
"Ko'k anorranglilar" bu yozda Kesseni 25-30 million evro evaziga sotishi mumkin. Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Frankni "Inter" harid qilmoqchi. Bu transfer "Barselona" uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Negaki, futbolchi o'tgan yili kataloniyaliklar safiga erkin agent bo'lib kelgan edi.
Ansu Fati (Ispaniya, vinger, 20 yosh)
Ansu Fatining otasi Boraning jamoa haqidagi tanqidiy bayonotlari futbolchining yozgi transfer oynasida sotuvga qo'yilishiga sabab bo'ldi. Fati bir necha yil oldin "Barselona"ning kelajagi bo'lishi kutilgan edi. Ammo voqelik bunday bo'lib chiqmadi.
Xordi Alba (Ispaniya, 34 yosh)
Alba shartnoma muddati tugaguncha (2024 yil yozi) "Barselona"ni tark etish niyatida emas, biroq rahbariyat agar futbolchi maoshini kamaytirmasa, shartnomani bekor qilishiga shama qilgan. Afsonalar ham moliyaviy muammolar sabab aziyat chekishmoqda.
Serxio Buskets (Ispaniya, yarim himoyachi, 34 yosh)
Futbolchi klubning moliyaviy axvolidan xavotirda - agar tomonlar murosa topmasa, Serxio yo MLSga yoki Saudiya Arabistoniga ketadi.
Usmon Dembele (Frantsiya, vinger, 25 yosh)
Mablag' etishmasligi tufayli "Barsa" Dembele bilan ham xayrlashishi mumkin. "Nyukasl" mavsum oxirida klub Chempionlar ligasiga chiqsa, futbolchi uchun kurashish niyatida.
Erik Garsiya (Ispaniya, himoyachi, 22 yosh)
Himoyachi sifatida Garsiya mavsumni omadsiz o'tkazmoqda va sotuvga qo'yilish xavfi ostida. Ammo u tayanch yarim himoyachisi rolida o'sishga erishdi. Ehtimol, rahbarlar u haqidagi fikrlarini o'zgartirishi mumkin.
23-Aprel 2023,15:20