“Manchester Siti” har yili o'rganib qolganimizdek bu mavsumda ham super o'yinlar ko'rsatmoqda. Ayniqsa Erling Xolandning jamoaga qo'shilishi hujum chizig'ini har doimgidan-da kuchli qildi. Shunga qaramay Gvardiola tarkibdagi bir nechta futbolchini kelajakda jamoaga kerak emas, deb hisoblamoqda. Ular qatorida jamoa sardori va yana bir etakchisi borligi esa biroz ajablanarli. Keling, gap qaysi futbolchilar haqida ketyotganini ko'rib chiqamiz.
Emerik Laport (Ispaniya, himoyachi, 28 yosh)
Laportning jamoani (ehtimol, "Barsa"ga) o'zgartirmoqchi bo'lishining asosiy sababi o'yin vaqtining kamligidir. Klub rahbariyati esa Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzolashga umid qilib, Emerikga xalaqit bermoqchi emas.
Ilkay Gyundogan (Germaniya, yarim himoyachi, 32 yosh)
Gyundogan allaqachon “Manchester Siti” ostonasidan bir qadam uzoqda. Ilkay "Barselona" bilan shartnoma imzolash niyatida. Va uning agenti bu ma'lumotni inkor etsa-da, manbalar yarim himoyachi keyingi ikki mavsumni Ispaniyada o'tkazishiga ishonch bildirmoqda.
Bernardu Silva (Portugaliya, yarim himoyachi, 28 yosh)
Portugaliyalik futbolchi ikkinchi yildirki, Angliyani tark etmoqchi. Mart oyida u 65 million evro evaziga “Barsa”ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq bu summani Bernarduni nishonga olgan boshqa bir klub to'lashi mumkin, ya'ni “PSJ”.
Kalvin Fillips (Angliya, yarim himoyachi, 27 yosh)
Fillips jamoaga kelganidan so'ng tarkibga kira olamdi va uning klubdagi kelajagi so'roq ostida. Premer-liganing uchta jamoasi Kalvinni yozda transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda – “Nyukasl”, “Lids” va “Vest Xem”.
Joau Kanselu (Portugaliya, himoyachi, 28 yosh)
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan Kanseluni myunxenliklar sotib olmoqchi emas, ammo futbolchiga "Barselona" qiziqmoqda. Ayni paytda Xosep Gvardiola Joauni "Man Siti"ning kelajak loyihasida ko'rmaydi.
29-Aprel 2023,13:10