"Barselona" La Liga bilan yangi moliyaviy reja borasida kelisha olmayapti.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati bir necha hafta davomida La liga vakillari bilan moliyaviy feyr-pley masalasini hal qilish variantlarini kelishib olish borasida murosaga kela olmayapti.
Klubning harajatlari uning daromadidan ancha oshib ketadi va shuning uchun "Barselona"ga bir qator cheklovlar qo'yildi. "Barselona" o'z xarajatlarini kamida 200 million evroga qisqartirishi kerak (ba'zi manbalarda bu miqdor 350 millionni tashkil qiladi). Klub menejerlari bu talablarni bajarish qiyin bo'lishini bilishadi, shu boisdan "ko'k-anorranglilar" tarkibni kuchaytirishga yordam beradigan muammoga echim topish umidida La Liga bilan muzokaralarni boshlashgan.
Turli variantlar orasida uch yil ichida xarajatlarni qisqartirish ham bor edi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmadi. La Liga "Barselona" uchun talablarni bajarish juda qiyin bo'lishiga ishonmoqda.
Liga cheklovlari kataloniyaliklarga Gavi, Ronald Arauxo va Serxi Robertoni ro'yxatdan o'tkazishga to'sqinlik qilmoqda. Bu yozgi transferlarni amalga oshirishga ham to'sqinlik qilishi mumkin - klub Lionel Messi, Ilkay Gyundogan va Inigo Martinesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
1-May 2023,15:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0