"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsning kelajagi tez orada oydinlashadi. Jurnalist Gabriel Sansning yozishicha, yaqin bir necha kun ichida ispaniyalik futbolchi jamoa bosh murabbiy Xavi Ernandesga yangi shartnoma bo'yicha o'z javobini berishi kerak.
"Barselona" Busketsni qarorni tezroq qabul qilishga chaqirdi, chunki keyingi mavsumni rejalashtirish boshqa narsalar qatori Serxioning kelajagiga bog'liq. Tayanya yarim himoyachisi maoshi qisqartirilgan yangi shartnomaga rozi bo'lishga shoshilmayapti, chunki futbolchida faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyati bor, u erda unga ancha ko'proq pul taklif qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozir Buskets "Barselona"da Frenki de Yongdan keyin eng ko'p maosh oluvchi ikkinchi futbolchi bo'lib turibdi.
5-May 2023,14:50