«Barselona» yarim himoyach Gavini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish borasida sud qarori ustidan apellyatsiya berdi va bu ishni o'z foydasiga hal etdi.Yodingizda bo'lsa, yanvar oyida «Barselona» yosh futbolchini asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazib, Gaviga 6-raqamli futbolkani topshirgandi. Ammo La liga ushbu ish bo'yicha apellyatsiya berganidan keyin sud tashkilotning talabini qanoatlantirdi. «Barselona» o'sha paytning o'zidayoq sudga yana shikoyat kiritdi. Ammo muddat o'tib ketgani uchun "Barsa"ning talabi qanoatlantirilmadi. Apellyatsiya sudi esa ishni yana ko'rib chiqib, sudning "Barsa" zarariga ishlagan qarorini noqonuniy bo'lgan deya hisobladi va Gavini asosiy tarkib o'yinchisi sifatida tan olish haqida qaror qabul qildi.
6-Iyun 2023,23:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0