«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoasining mavsum-2022/2023'dagi ishtirokiga baho berdi.«Sport nuqtai nazaridan mavsum yaxshi bo'ldi. Asosiy maqsadga erishildi — La ligada g'olib chiqdik. Ko'p jihatdan bu Xavi va uning shtabi, shunindek, o'yinchilarning xizmati samarasidir. Qilingan mehnatlarni e'tirof etish kerak. Bu bizga asosiy maqsadga erishishda yordam berdi. Ammo biz ko'prog'ini istaymiz. Biz talabchanmiz, biz jahonning eng yaxshi klubini boshqaramiz va jamoani kuchaytirish uchun haftalab ishladik. Keyingi mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Buning uchun etarlicha kurashish imkoniyatiga ega bo'lishimiz kerak. Bu oson emas, chunki zimmamizda katta qarzimiz bor. Biz uni qisqartiryapmiz, ammo moliyaviy jihatdan barqaror holatga kirish uchun qarzlarni tezroq qisqartirishimiz zarur», – dedi Joan Laporta.
15-Iyun 2023,11:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0