"Barselona" Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Kataloniya klubi frantsiyalik futbolchini jamoani tark etish xavfidan qochish uchun futbolchi bilan 30 iyungacha kelishuvga erishishga harakat qiladi, deb xabar beradi Diario Sport. Iyundan iyulgacha Dembelening tovon puli 100 dan 50 million evroga tushiriladi.
Dembele bilan shartnomani uzaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. "Barsa" uzoq muddatli kelishuvga erishish uchun maosh va bonuslarni oshirishga harakat qiladi, bu esa frantsuzni jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi mumkin.
Tez orada kelishuvga erishilishiga umid qilinmoqda.
Dembelening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. Frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda La Liganing 20ta o'yinida 5ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.
16-Iyun 2023,21:30
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0