"Barselona" Samuel Umtiti bilan kelisha olmayapti.
Avvalroq, juma kuniga qadar Kataloniya klubi Umtiti va yana to'rt nafar futbolchidan qutulmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
"Barselona" va futbolchining agentlari ushbu vaziyatni hal qilish variantlarini ko'rib chiqishmoqda, biroq hozircha ular bir fikrga kela olishmadi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Asosiy masala - 2022 yilda Umtiti yangi shartnoma imzolab, "Barsa"ga Ferran Torresni sotib olishga yordam berishga rozi bo'ldi. O'shanda Samuel maoshining 10 foizidan voz kechdi. "Barselona" unga to'lovlarni to'rt yarim yilga, ya'ni shartnoma tugaguniga qadar bo'lib, qolgan 90 foiz summani to'lashga va'da berdi. Shu tariqa Umtitining yillik maoshi sezilarli darajada kamaydi.
Hozirda Umtiti bu pulni yo'qotmoqchi emas.
Qayd etilishicha, frantsiyalik futbolchining yangi shartnomasida belgilangan miqdor ko'rsatilgan bo'lib, uni 2024 yilning yozida to'laganidan keyin "Barsa" Umtiti bilan shartnoma bekor qilinadi.
28-Iyun 2023,18:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0