"Barcelona" prezidenti Joan Laporta La Vanguardia nashriga muhim intervyu berdi. Undagi ikkita asosiy jihat shu bo'ldi: "Barsa" bu yozda Messini qanday qilib ortga qaytarmoqchi edi va klub Leoga nima uchun haligacha ishonyapti?
Keling, ushbu mavzularni batafsil ko'rib chiqaylik. "Barselona" hali ham Messining maoshidan qolib ketgan qarzlarni to'lamoqda. Bu pul nimani anglatadi? "Barsa" hali ham Messi oldidagi eski qarzlarini to'lamoqda: U oldingi direktorlar kengashi bilan kelishilgan hamda uzoq muddatga kechiktirilgan maoshlardan iborat. Qarz 2025 yilgacha to'lanadi.
"Barsa"ning Messi oldidagi qarzlari yangilik emas. 2021 yilning avgustida Ispaniyaning Sport nashri "Barsa" Messidan 52 million evroga yaqin qarzi borligini xabar qilgandi. Bu kechiktirilgan maosh bo'lib, uni to'lash pandemiya oqibatlari tufayli sobiq prezident Xosep Bartomeu tomonidan kelishilgan.
Messining ishi bu borada yagona emas. Misol uchun, Jordi Alba, klub uning oldida 38 million qarzga ega - ispaniyalik keyingi yil uchun maoshidan (10 million evro) voz kechib, qarzning yarim qismining bahridan o'tib yubordi. Klub shuningdek, De Yongdan bir yil avval 20 million atrofida qarz edi. Barcha qarzlar 2021-2022 yillar oralig'ida yopilishi xabar qilingan edi. Biroq bu ish bermadi.
Yaqinda "Barsa"ning iqtisodiy masalalar bo'yicha vitse-prezidenti Eduard Romeu matbuot bilan uchrashuvda kechiktirilgan 389 million evrodan 70 millioni to'langani kerakligi haqida gapirdi. Bunda Messiga beriladigan qanchadir miqdor ham bor. Laportaning intervyusida Messi oldidagi qarzlar 2025 yilgacha to'lanishi aytilgan.
"Barsa" La Liga bilan Messini ro'yxatdan o'tkazish rejasini kelishib oldi. Ammo Leo kutishga majbur bo'ldi
Eslatma: Iyun oyi boshida La Liga "Barselona"ning ikki yillik moliyaviy barqarorlik rejasini ma'qulladi, u ish haqlarini o'z vaqtida to'lash va sportdan tashqaridagi xarajatlarni kamaytirishni nazarda tutardi. Laportaning ta'kidlashicha, rejada Messi bilan shartnoma imzolanishi ham hisobga olingan. Biroq klub bu ishlarning hammasini qanday qilib uddalashi qiziq.
"Biz La Liga bilan Messiga mavjud resurslarning bir qismini ajratish haqida kelishib oldik. Bu hayotiy rejalarga kiritilgan. Bu haqda Xorxe Messiga (Leoning otasi va rasmiy vakili) xabar bergan edik. U Leoning Parijda juda og'ir yil o'tkazgani va hozir kamroq bosim ostida bo'lishi kerakligini aytdi. Agar u bu yil Kataloniyaga kelganida bosim ostida qolishda davom etardi, shuning uchun men uning tanlovini to'g'ri tushundim.
Mantiqiy savol: biz qanday bosim haqida gapiryapmiz?
Hayotiylik rejasi futbolchi oldidagi majburiyatlarni bosqichma-bosqich bajarishni nazarda tutadi - ular amalga oshirilgach, "Barsa" yangi imkoniyatlarga ega bo'ladi. Serxi Buskets, Jordi Alba, Antuan Grizmann klubni tark etishdi, foyda keltirmaydigan (yiliga minus 12 million evro) "Barca TV" loyihasi yopildi.
Bu kabi islohotlar Gavi (La Liga saytida 2022/23 yilgi mavsum uchun arizada allaqachon mavjud), Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Markos Alonso va Inyaki Penya bilan yangi shartnomalarni imzolashga yo'l ochdi. Ilkay Gyundogan va Inigo Martines hali ham kutish rejimida - ular bilan rasmiy shartnomalar tuzish uchun qo'shimcha qadamlar kerak (masalan, Kleman Lengle va Serjino Destni sotish).
La Liga rahbari Xaver Tebas iyun oyi boshida "Barsa"ga yangi kelganlarni ro'yxatdan o'tkazishga harakat qilish kerakligini tasdiqladi: "Ular qoidalarni bilishadi. Marhamat, amal qilishsin". Messini qo'lga kiritish va uni ligada ro'yxatdan o'tkazish ancha qiyin jarayon. 90min 5 iyun kuni ma'lum qilishicha, tasdiqlangan reja Messiga tom ma'noda juda tez shartnomaga imzo qo'yish imkonini beradi, biroq uning ro'yxatdan o'tish ehtimoli haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Messi kutishiga to'g'ri keladi. Bu bosim Laporta ishni qachon hal qilib berishiga bog'liq.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak: bir oy oldin "Barsa" La Liga bilan Messini ro'yxatdan o'tkazish rejasini kelishib olgan edi, bunda xarajatlar limiti hisobga olingan. Ammo rejani amalga oshirish uchun ma'lum iqtisodiy majburiyatlarni bajarish kerak edi. Messi kutishni istamadi, 5-iyun kuni otasi “Barsa”ni o'g'lining “Inter Mayami”ga o'tishi haqida xabardor qildi, biroq Kataloniya klubi avvalroq Leoga rasmiy taklif yuborgan edi.
Laporta Leoning vaziyatini tushunadi. Messi oldidagi qarzi "Barca"ning Messini olishiga xalaqit berishi mumkinmi? Intervyuda Laporta juda muhim masalaga oydinlik kiritdi - Messi va boshqa o'yinchilar oldidagi qarzlar endi jamoa xarajatlari chegarasiga xalaqit bermaydi: "La Liga bilan munosabatlarimiz yaxshilandi, kechiktirilgan to'lovlar moliyaviy feyr-pleyga ta'sir qilmaydi - bu yaxshi xabar", – dedi Laporta.
4-Iyul 2023,22:20
O'qildi: 42 - Fikirlar: 0