"PSJ" hujumchisi Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, mahalliy klublar braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda va futbolchining atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
Shu bilan birga, manbaning xabar berishicha, "PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Luis Enrike Neymarni Parij jamoasida qolishga ko'ndirishga harakat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy qo'l ostida futbolchi avvalroq "Barselona"da o'ynagan va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Avvalroq Neymarga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirayotgan edi, ammo hujumchi faoliyatini qaerda davom ettirishni hali hal qilmagan.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi jarohati sabab o'tgan mavsum yakunini o'tkazib yuborgandi.
8-Iyul 2023,16:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0