"Barsa" kelasi mavsumni "Kamp Nou" ta'mirlanayotgani sababli "Olimpiya" stadionida o'tkazadi. Klub yangi stadionga 1,45 mlrd evro ajratishi kerak bo'ladi - bu katta summa, ayniqsa kataloniyaliklarning moliyaviy muammolarini hisobga olsak.
"Barsa" qo'lidan kelganicha vaziyatdan chiqib ketmoqchi. O'tmishda yuzaga keltirilgan moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun rahbariyat olmoslarni sotish menejmentning yangi va g'ayrioddiy g'oyasini ishlab chiqyapti. Klub 1957 yilgi dekoratsiyalarni muxlislar uchun qayta yaratmoqchi. Brillianto firmasi bilan hamkorlikda yiliga 30 million evro ishlab olish mumkin bo'ladi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Kamp Nou" maysazoridan "Etern Spotify Camp Nou 1957" nomli arenaning bezaklar to'plamini yaratish uchun foydalanadilar, 1957 yil - arena shu nomda ochilganini eslatib o'tish joiz.
Klub Brillianto kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi - uning nima ishlab chiqarishi nomidan ko'rinib turibdi. Tomonlar oltin va olmos bilan bezatilgan nishonlar, bilaguzuklar, manjetlar, uzuklar, marjonlar va boshqa aksessuarlar yaratishni kelishib oldilar. Rejaga 1957 yilgi zargarlik buyumlari, jumladan 57 ta bir karatli olmosi mavjud maxsus buyumlar kiradi, uning narxi taxminan 15 ming evroni tashkil qiladi. "Barsa" va Brillianto bundan yiliga taxminan 30 million evro ishlab olishi mumkin. Bitim ishtirokchilarining har birining ulushi oshkor etilmagan. Klub bunday zargarlik buyumlari Xitoy va Yaqin Sharqdan kelgan xaridorlar orasida alohida talabga ega bo'lishini kutmoqda. Olmoslar patentlangan texnologiya va maxsus uskunalar yordamida ishlab chiqariladi - bu olmos hosil bo'lish jarayonini tezlashtiradi. "Kamp Nou" maysasi karbonizatsiyadan o'tadi - buning natijasida uglerod olinadi, keyinchalik u maxsus laboratoriyalarda olmos ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Olmos olish uchun yuqori bosim ham qo'llaniladi. "Malorka"ga qarshi mavsumning so'nggi o'yinida "Kamp Nou" o'ti bilan xuddi shunday tajriba amalga oshirilgandi. Zamonaviy ilm-fan tufayli olmoslar bir necha kun ichida ekologik toza tarzda yaratiladi.
Bu Kataloniya kompaniyasining futbol bilan birinchi aloqasi emas
2014 yilda Brillianto Pelening sochlari asosidagi kollektsiyani chiqarishga yordam berdi. Unda 1283 ta olmos bor edi - bu buyuk braziliyalikning gollari sonidan kelib chiqqan. Birinchi haykalchada Pelening 1956 yilda "Korintians"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida "Santos" safida urgan debyut goli tasvirlangan, 1283-raqamli haykalcha esa braziliyalikning 1983 yilda ko'rgazmali o'yinda urgan so'nggi golini ifodalaydi. Ularning har biri 7500 dollar turadi.
Bundan tashqari, Brillianto “Espanol”ning 120 yilligi munosabati bilan zargarlik buyumlari kollektsiyasini yaratdi. Ushbu kollektsiyadagi 1 karatlik olmosdan ishlangan zargarlik buyumlari 13 189 evroga, 0,5 karatliklari esa 2 287 evroga, 0,25 karatliklari 650 evroga va 0,1 karatlik olmos javohiri 299 evroga sotilgandi.
15-Iyul 2023,17:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0