"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Lyuk Shou jarohat olgan o'rniga yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar chap qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Uning jamoadoshi Tirell Malasia ham tizzasidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. "Manchester Yunayted"ning asosiy tanlovi Markos Alonso bo'lib, undan tashqari Mark Kukurellya va Serxio Regilonga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Alonsoni yanvargacha qisqa muddatli ijaraga olmoqchi. Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" "Barselona"ga 32 yoshli himoyachining transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborgan, ayni damda klublar muzokaralar olib bormoqda.
La Liga 2022/23 mavsumida Markos Alonso "Barselona" safida 24 ta o'yinda 1 ta gol urdi.
27-Avgust 2023,21:20
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0