Quyida «Barsa»ning mavsum boshidan beri o'zini ko'rsata olmagan futbolchilari xususida so'z yuritamiz.
Serxi Roberto
So'nggi ikki o'yinni o'ng qanot himoyasida o'tkazgan 31 yoshli futbolchi na himoyada, na hujumda o'zini ko'rsata olmadi (hatto «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda Markos Alonso ham undan foydaliroq edi).
U, albatta, tez orada asosiy tarkibda Joau Kanseluga yo'l beradi.
Robert Levandovski
To'rtta o'yinda ikkita gol unchalik yomon natija emas, lekin XG [kutilgan gollar] modelidan kelib chiqib, u hozirgacha kamida to'rtta gol urishi kerak edi.
Alexandro Balde
Himoya Baldening kuchli tomoni emas, lekin oxirgi ikki o'yinda u juda ko'p xatoga yo'l qo'ygan. 19 yoshli futbolchi bir necha bor «Barsa» jarima maydonchasi yaqinida to'pni egallashda sust harakat qildi, uning xatolari deyarli har bir vaziyatda raqibning gollariga olib keldi.
Rafinya
Ha, ikki o'yinlik diskvalifikatsiya braziliyalik futbolchining formasiga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin, ammo biz hujumchidan ko'proq narsani kutamiz.
«Osasuna»ga qarshi o'yinda 26 yoshli futbolchi ikkinchi bo'lim oxirida maydonga tushdi va gol urish uchun bir necha imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo muvaffaqiyat qozona olmadi.
Bu qisqa vaqt ichida u Lamin Yamaldan yomonroq ko'rindi (uning o'zi ham yaxshi o'yin ko'rsatmadi). O'smirning xalqaro tanaffusdan keyin ham asosiy tarkibdagi o'rnini saqlab qolishini kutamiz.
5-Sentyabr 2023,17:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0