Jurnalist Ferran Martinesning yozishicha, Dani Olmo va Bernardu Silvaning yangi shartnomalarida "Barselona" bo'yicha mahsus band mavjud.
Portugaliyalik futbolchi avgust oyida "Siti" bilan shartnomasini uzaytirib, o'ziga "shaharliklar"da 2026 yilning yoziga qadar qolishini kafolatlagandi.
Lekin bu hammasi emas! Shartnomada boshqa jamoa 50 million evro taklif qilsa, klubni tark etishi mumkin bo'lgan band bor. Bu katta ehtimol bilan faqatgina "Barselona"ga amal qiladi.
Dani Olmo bilan ham vaziyat xuddi shunday: futbolchi “Leyptsig” bilan yangi kelishuvga 60 million evro tovon puli kiritilishini talab qilgan. Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Ikkala futbolchi ham kelasi yozda "Barsa"ga o'tishni istashmoqda va bu istaklarini o'z jamoasi bilan yangi shartnoma imzolagan bo'lsa ham yo'qotmagan. Ko'ramiz, yakunda ular kataloniyaliklar safiga borib qo'shiladimi yoki yo'qmi.
12-Sentyabr 2023,23:50