"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Robert Levandovskini so'nggi o'yinlardagi harakatlari uchun yuqori baholadi.
35 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning “Betis”ni mag'lub etishiga yordam berib, bir gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv “ko'k-anorranglilar”ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Levandovski yana bir ajoyib o'yin o'tkazdi. U "Osasuna" bilan oxirgi o'yinda ham, bugun ham juda yaxshi o'ynadi. U futboldan zavqlanadi va o'z pozitsiyasini tez-tez tark etishi shart emas. Jamoa uni kerakli daqiqalarda to'p bilan ta'minlaydi. Robert baxtli ko'rinmoqda", - deya Xavining o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltirgan ispan OAVlari.
Robert Levandovski joriy La Ligada 5 ta uchrashuvda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
17-Sentyabr 2023,09:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0