"Barselona" uchun qiyin kunlar davom etmoqda. Klub poraxo'rlikda ayblangan, jumladan klubning o'zi va uning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel. Shuningdek, ayblovlarni hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra va uning o'g'lini eshitgandi. Gumon qilinayotgan jinoyat vaqtida Negreyra davlat xizmatchisi bo'lgan, bu esa vaziyatni yanada og'irlashtiradi.
Britaniyaning The Telegraph nashrining yozishicha, "Barselona"ning dunyo futbol xaritasidan yo'qolib ketish darajasiga kelishi mumkinligini yozmoqda.
"Agar aybdor deb topilsa, jinoyatchilar 3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. "Barselona"ning o'zi professional futbol klubi sifatida faoliyat yuritishdan to'xtatilishi mumkin, bu esa katta ehtimol bilan 124 yoshli klubning bankrot bo'lishiga olib kelishi mumkin", - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, "Barselona"ning kreditorlar oldida katta qarzi bor.
28-Sentyabr 2023,23:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0