"Barselona" futbolchisi Ferran Torres Chempionlar ligasi doirasidagi ertangi "Shaxtyor"ga qarshi o'yindan umidlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bo'lajak o'yinlar haqida o'ylay olmaysiz, keyingisi haqida o'ylashingiz kerak. Chempionlar ligasi guruhidan chiqish haqida o'ylashimiz kerak.
Men o'zimni ishonchli his qilyapman. Ishlar shunday ketayotganidan mamnunman. Fursatdan foydalanib, bor kuchimni ko'rsatishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman.
"Barselona" har doim g'alaba qozonishi va yaxshi o'ynashi kerak bo'lgan klub. Bu muhim uchrashuv, bu alohida turnir. Biz uch ochko olishimiz kerak, bu esa "Real" bilan o'yin oldidan qo'shimcha motivatsiya bo'ladi.
Har safar maydonga tushganimda, xoh zaxiradan, xoh asosiy tarkibda bo'lamanmi, o'zimning eng yaxshi variantimni ko'rsatishga harakat qilaman. Men gol urish yoki assistentlik qilish orqali yordam berishga harakat qilaman.
Men Xavidan minnatdorman. U menga ishonch berdi. Men undan ko'p narsani o'rgandim. Men u bilan gaplashdim. Men har doim yaxshilanishim mumkin", - dedi Torres.
24-Oktyabr 2023,21:30