"Real" vingeri Vinisius Junior o'zini klubda baxtli his qilishini tan oldi.
Seshanba kuni "Los-Blankos" matbuot xizmati braziliyalik futbolchi bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirishini ma'lum qildi. 23 yoshli futbolchi o'z kelajagini doimo "Real" bilan bog'lashni xohlaganini aytdi.
“Bu erda o'ynash mening orzuim bo'lgan. Men kelgan joydan kelib chiqqan holda, bu darajaga etishish juda qiyin.
"Real Madrid" futbolchisi bo'lish nimani anglatishini so'z bilan ifodalab berolmayman. Mening his-tuyg'ularimni faqat buni boshidan kechirganlar tushunishi mumkin.
Men barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatlarga egaman. Bizni birlashtiradigan narsa shundaki, biz barchamiz dunyoning eng yaxshi klubi vakili bo'lishdan xursandmiz. Bu lahzalardan zavqlanish kerak, ular juda tez uchib ketishadi", - deya Vinisiusdan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
1-Noyabr 2023,07:20