Madridning "Real" klubi "Rayo Valekano" bilan o'yinni boshqargan hakamlik faoliyatidan noroziligini klub TV orqali bildirdi.
La Liganing 12-turidan o'rin olgan o'yinda (0:0) bir nechta bahsli vaziyatlar yuzaga keldi, unda hakam Xuan Martines Munuera kartochkalardan voz kechdi.
Madrid klubi televideniesida ular Munueraning hakamlik uslubini qoralashdi: "Xulosa shunday: shubha tug'ilsa, ular hushtak chalishmaydi. Kimgadir gilam yotqizadi, kimgadir tosh qo'yadi".
Taqdimotchilar translyatsiya operatorini ba'zi lahzalar, xususan, Vinisius va Oskar Valentin o'rtasidagi to'qnashuvning takroriy lavhalarini ko'rsatmayotgani uchun tanqid qilishdi.
"Prodakshn Mediapro (La Liga translyatsiyasi huquqini tarqatuvchi Kataloniyadagi kompaniya - muallif), afsuski, takroriy lavhalarni ko'rsatmaydi. Sabablarini tushunaman, lekin ba'zi narsalarni aytib bo'lmaydi. Madriddagi o'yinlarda hamisha tasodiflar bo'ladi", — dedi boshlovchilardan biri.
Bundan tashqari, "Real Madrid" telekanali "Munuera Madridga zarar etkazmoqda" deb ta'kidladi. "Har doim bir yo'nalishda. Har safar shubha tug'ilsa, bu "Real Madrid"ga qarshi talqin qilinadi", - deyiladi studiyada.
6-Noyabr 2023,14:50