Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Gruziya bilan 2024 yilgi Evropa chempionati saralash turnirining so'nggi o'yinida (3:1) jarohat olgan “Barselona”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Gavi bilan bog'landi.
Cadena COPE nashri xabariga ko'ra, Peres klub nomidan Gaviga shaxsiy maktub yo'llab, 19 yoshli futbolchini qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
Avvalroq Gavini qayta tiklash 7 oydan 9 oygacha davom etishi xabar qilingandi. Aytish joizki, yarim himoyachi jarohati tufayli Germaniyada 14 iyun kuni boshlanadigan va 14 iyulga qadar davom etadigan Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya muddatidan avval Evropa chempionati uchun o'z guruhidan chiqdi. Ispaniyaliklarga Shotlandiya terma jamoasi hamrohlik qilgan bo'lsa, Norvegiya, Gruziya va Kipr musobaqaga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.
21-Noyabr 2023,20:40