"Barselona" Gavining jiddiy jarohati jiddiy bo'lishiga qaramasdan, yangi yarim himoyachi izlash haqidagi fikrini o'zgartirdi.
Yarim himoyachi Ispaniya - Gruziya (3:1) uchrashuvida jarohat olgandi. Gavi operatsiya qilinadi va 7 oydan 9 oygacha maydonga tusha olmaydi. Kataloniya klubi ikki sababga ko'ra 19 yoshli futbolchining o'rniga futbolchi sotib olmaydi.
Birinchidan, "Barselona"da transferlar uchun pul yo'q. Agar qishda tarkibni kuchaytirish uchun biroz mablag' ajratish mumkin bo'lsa, u holda "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Rokening transferini yakunlashga ustunlik beriladi.
Ikkinchidan, klub Fermin Lopesning muvaffaqiyatidan hayratda. Murabbiylar shtabi 20 yoshli futbolchini Gaviga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi, deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklarning ishonchi komilki, mavjud besh nafar yarim himoyachi (Frenki de Yong, Ilkay Gyundogan, Pedri, Oriol Romeu va Fermin) mavsum oxirigacha etarli bo'lishi kerak.
21-Noyabr 2023,21:20