"Barselona"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laportaga qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi va o'zining "ko'k-anorranglilar"dagi kelajagiga ishonmoqda.
"Klub va prezident meni qo'llab-quvvatlayotganini his qilyapman. Kuchli qo'llab-quvvatlash, bunga shubha yo'q. Men o'zimni himoyalangan his qilaman. Men prezident va Deku bilan tez-tez muloqot qilaman. Ular bizning qanday ishlayotganimizni bilishadi va menga to'liq ishonishadi. Ishonchim komilki, biz yana yaxshi o'ynay boshlaymiz va natijalar bo'ladi. Agar bunga ishonchim komil bo'lmaganida, bu erda bo'lmagan bo'lardim", – dedi Xavi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 14-turidan so'ng "Barselona" to'rtinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Real"dan 4 ochko ortda qolmoqda.
28-Noyabr 2023,10:30