Boyan Krkich erta debyutdan keyin yosh futbolchilarning muammolari haqida gapirdi.
“Bugungi kunda biz 16-17 yoshli futbolchilarni asosiy jamoada debyut qilayotganini ko'proq ko'ramiz. Nafaqat "Barselona"da, balki butun futbol olamida. Erta debyut yaxshi emas deb o'ylayman, chunki futbolchilik faoliyati juda uzoq va barcha bosqichlardan o'tish kerak. Lekin iste'dodli yigitlar ko'pligi, ularning soni ortib borayotgani ham haqiqat. Buni nazorat qilib bo'lmaydi, lekin bu nuqtadan keyin nima sodir bo'lishini kuzatish mumkin.
Gap yoshlar haqida ketyapti – ularning o'zini qanday his qilayotganini kuzatish, o'qishni tugatishga ruxsat berish muhim... Masalan, Mark Giu asosiy jamoada debyut qildi, ertasi kuni esa uning obunachilari soni ko'paydi. 40 mingdan deyarli milliongacha. Bu chiroyli va hayratlanarli. Ammo normal bo'lmagan narsalarni normallashtirish uchun vaqt kerak", - dedi "Barselona"ning sobiq futbolchisi.
6-Dekabr 2023,21:10