Transfermarkt portali Ispaniya La ligasida to'p tepayotgan futbolchilarning yangilangan narxini e'lon qildi. Narxi eng ko'p pastlagan 10 nafar futbolchining yarmi «Barselona» a'zolaridan iborat bo'ldi. «Betis» hujumchisi Borxa Iglesias esa reytingning yuqori pog'onasini egalladi. 30 yoshli futbolchining narxi yarim yil ichida 60 foizga arzon bo'lib ketdi. Uning narxi 20 million evro edi, hozir uning narxi 8 million evroga teng. Borxadan keyingi pog'onalarni «Barsa»ning 4 o'yinchisi – Pedri, Rafinya, Joao Feliks va Joau Kanselu egalladi. Ularning narxlari 10 million evroga pasaydi. Reytingda 10-pog'onani esa Robert Levandovski egalladi. Uning narxi 10 million evroga arzonlashdi. Endi «Barselona» safida narxi 100 million evro va undan yuqori bo'lgan birorta ham o'yinchi yo'q. «Real» tarkibida bunday o'yinchilar 4 nafar: Jud Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo va Federiko Valverde.
25-Dekabr 2023,15:40