Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde o'zining kiyinish uslubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men buni o'zimni shaxs sifatida ifoda etishning bir usuli deb bilaman. Men bolaligimdan har doim zamonaviy kiyinishni yaxshi ko'raman. Bugun men o'zimni ko'rsatish uchun avvalgidan ko'ra ko'proq resurslarga egaman. Men diqqat markazida bo'lishni yaxshi ko'raman. Mening uslubimni ba'zi sharhlovchilar tanqid qilishdi - ular meni futbol o'ynashdan ko'ra, qanday kiyinishimga ko'proq e'tibor qaratishimni o'ylaydi.
Buni ko'rganimda tabassum qilaman. Mening ko'rinishlarmning futbolga aloqasi yo'q. Bir narsani ikkinchisi bilan birlashtira olish kerak. Bu hamma qiladi. Bu mening yana bir ishtiyoqim. Futbol boshqa narsa, lekin moda boshqa narsa. Menimcha, bu ikki narsa to'liq mos keladi. Shuning uchun men tanqidga berilmayman. Bu ish va umuman hayotning bir qismi. Nima deyishimiz va nima qilishimizdan qat'iy nazar, har doim ayb topadigan odamlar bo'ladi. Lekin eng muhimi, o'zingizni qulay his qilish va o'zingizni qanday his qilsangiz, o'zingizni ifoda etishdir", - dedi Kunde Afrik Foot bilan suhbatda.
30-Dekabr 2023,13:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0