Hujumchi Joau Feliksning "Barselona"dagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda. Futbolchi "Atletiko"ga tegishli va Kataloniya klubida ijara asosida o'ynamoqda. "Ko'k-anorranglilar" transferni sotib olish variantini ko'rib chiqdi, ammo hozircha muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi.
Goal nashri xabariga ko'ra, "Barselona" portugaliyalik futbolchining o'yinidan norozi. Feliks Kataloniya jamoasida ajoyib debyut qildi, ammo keyin uning saviyasi tushib ketdi, bu esa murabbiylar shtabi va rahbariyatda shubha uyg'otdi.
"Atletiko" o'z navbatida 24 yoshli futbolchini 80 million evroga baholamoqda. Kataloniyaliklar ijara muddatini 2025 yilning yoziga qadar sotib olish huquqi bilan uzaytirishga tayyor edi, faqatgina Madrid jamoasi talab qilganidan ancha kam summaga.
Joriy mavsumda Joau Feliks 22 uchrashuvda ishtirok etib, 6 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
9-Yanvar 2024,19:50