"Barselona" yaqin yillarda hech qanday sharoitda sotilmaydigan uchta futbolchini aniqladi: Pedri, Ronald Arauxo va Gavi. Diario Sport muxbiri Toni Xuanmarti xabariga ko'ra "ko'k-anorranglilar" hatto katta taklif bo'lsa ham, ularni sotish bo'yicha muzokara olib bormaydi.
Albatta, uchtasi ham bozorda katta talabga ega. "Bavariya" Arauxoni o'ziga jalb qilmoqchi va kataloniyaliklarga himoyachi uchun 100 million evro taklif qilgani allaqachon ma'lum. Ammo bu transferga na "Barsa" va na futbolchining o'zi qiziqmoqda.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, yozgi mavsumda “Bavariya” va “PSJ” Pedrini katta summaga sotib olishga harakat qilgan, biroq klub hatto muzokara ham o'tkazmagan.
Kataloniyaliklar ham Gavi bo'yicha bir nechta takliflarni rad etishga majbur bo'lishdi, unga "bir nechta Premer-liga klublari" da'vogarlik qilmoqda.
Katta transfer "Barsa"ga FFPdagi ko'plab qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berishi mumkin va klub buni yaxshi biladi.
11-Yanvar 2024,13:10