Frantsiya Moliya vazirligi braziliyalik hujumchi Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga o'tishi bo'yicha tergov doirasida tintuv o'tkazdi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 15 yanvar, dushanba kuni Moliya vazirligida tintuv o'tkazilgan bo'lib, uni korruptsiya va soliq firibgarligiga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi politsiyasi xodimlari o'tkazgan. Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari Neymarning 2017 yilda amalga oshirilgan "Barselona"dan "PSJ"ga transferini tekshirmoqda. Transfer soliq qonunchiligini chetlab o'tish orqali amalga oshirilgan bo'lishi mumkin.
Neymar 6 yilni "PSJ"da o'tkazdi, o'tgan yozda hujumchi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tdi. Parijliklar bilan birga braziliyalik futbolchi besh marta Frantsiya chempionligini, uch martadan mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
18-Yanvar 2024,14:30