"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi futbolchilarining jarohatlari jamoa natijalariga ta'sirini baholadi.
"Jarohatlar har doim to'sqinlik qiladi, ammo bu muammo emas. Meni o'yinimizning yaxshilanishi ko'proq tashvishlantirmoqda. O'z navbatida jarohatlar ham futbolning bir qismi. Ular raqobat jarayonining ajralmas qismidir", - dedi Xavi AS bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, hozirda “ko'k-anorranglilar” safida jarohat olgan etti nafar futbolchi bor: yarim himoyachi Gavi, darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, qanot yarim himoyachisi Rafinya, o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu, chap qanot himoyachisi Markos Alonso, shuningdek, markaziy himoyachilar Andreas Kristensen va Inigo Martines.
Ispaniya chempionatining 19-turidan keyin “Barselona” 41 ochko jamg'arib, uchinchi o'rinda bormoqda.
21-Yanvar 2024,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0