"Negreyra ishi" bilan shug'ullanayotgan hakam Xoakin Agirre sudlanuvchi sifatida ko'rsatma berish uchun Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar komissiyasining sobiq vitse-prezidentini chaqirdi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Qayd etilishicha, Negreyra sog'ligidagi ayrim muammolarga qaramay guvohlik bera oladi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Xoakin Agirre dalil yo'qligi sababli "Barselona"ga qarshi sport korruptsiyasi bo'yicha tergovni yakunlashga qaror qilgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.
"Barselona" La Liga hakamlarini "ko'k-anorranglilar" foydasiga qaror qabul qilishga majburlash uchun Negreyraga bir necha yil pora berganlikda ayblangan edi. Bu ayblovlarga javoban kataloniyaliklar Negreyra ular uchun faqatgina ispaniyalik yosh futbolchilar va hakamlikning ayrim jihatlariga tegishli texnik hisobotlar tuzganini aytishdi.
25-Yanvar 2024,19:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0