Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Barselona» o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, dramatik kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Jerar Moreno mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 54-daqiqada Ilyas Axomashing golidan keyin «Vilyarreal» ikkita to'p farqi bilan oldinga o'tib oldi.Shundan so'ng kataloniyaliklar 11 daqiqa ichida 3 ta gol urib, oldinga o'tib olishdi. Dastlab Ilkay Gyundogan va Pedri hisobni tenglashtirishgan bo'lsa, 71-daqiqada Erik Bayi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.Uchrashuvning 84-daqiqasida "sariq suvosti kemasi" qarshi uyushtirdi va Gonsalu Gedesh muvozanatni tikladi.O'yinning 91-daqiqasida hakam «Vilyarreal» darvozasiga penalti belgiladi, ammo videotakrorni tomosha qilgach, o'z qarorini bekor qildi. "Barsa" umidida oldinga tashlanib himoyani unutib qo'ydi. Buning oqibatida "Vilyarreal" 90+9 va 90+11-daqiqalarda ikkita gol urib, g'alabani ilib ketdi.Ispaniya La ligasi, 22-turBarselona – Vilyarreal 3:5 (0:1)Gollar: 0:1 – 41 Jerar Moreno, 0:2 – 54 Axomash, 1:2 – 60 Gyundogan, 2:2 – 68 Pedri, 3:2 – 71, avtogol Bayi, 3:3 – 84 Gedesh, 3:4 – 90+9 Serlot, 3:5 – 90+11 Morales.Barselona – Penya, Kunde, Kristensen (Kubarsi, 46), Arauxo, Fort (Joau Kanselu, 46), Gyundogan, Romeu (Pedri, 46), de Yong, Joau Feliks (Ferran Torres, 58), Yamal, Levandovski (Roke, 77).Vilyarreal – Yorgensen, Femeniya (Moskera, 78), Bayi, Kuenka, Alberto Moreno (Mandi, 71), Aleks Baena (Kapu, 71), Koklen, Komesanya, Axomash (Gedesh, 58), Jerar Moreno (Morales, 78), Serlot.Ogohlantirishlar: Aleks Baena (16), Romeu (33), Bayi (68), Levandovski (68), Xavi (69), Arauxo (89), Moskera (89), Kuenka (90).
27-Yanvar 2024,00:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0