"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan (3:5) so'ng bayonot berib, jamoadan ketishini e'lon qildi. «Men klubdan ketishimni 30 iyun kuni e'lon qilmoqchi edim. Klub rahbariyati bilan birga ushbu qarorga keldik. Vaziyat o'zgarishlarga muhtoj. Men esa, klub muxlisi sifatida, bunday davom ettirish mumkin emas, deb hisoblayman. O'ylashimcha, klubga rivojlanish yo'lida o'zgarish kerak. Bu futbolchilarga ham foyda beradi. Ishonchim komil, shunday qilsak, ular ochilib ketishadi», – dedi Xavi.«Barselona» La ligada peshqadamdan 10 ochko ortda qolgan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi. Jamoa yanvar oyida Ispaniya superkubogini qo'ldan chiqarib, Ispaniya kubogi bilan xayrlashdi. Xavi 2021 yilning noyabr oyida «Barsa» bosh murabbiyiga aylangandi. Uning qo'lostida klub 2023 yilda Ispaniya superkubogi va La ligada g'olib chiqdi.
28-Yanvar 2024,08:00