"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya La ligasining 22-turida "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (3:5) Frenki de Yongning so'zlariga izoh berdi.
Oldinroq de Yong mag'lubiyat uchun aybni futbolchilar zimmasiga olgandi.
"Bu bizning aybimiz, o'yinchilarning aybi - agar natija chiqmasa, bu bizning aybimiz. Xavi va xodimlarga to'liq ishonch bor, ular yaxshi ish qilishyapti”, - deydi de Yong.
“Men Frenki de Yong aytganlarini tushunaman va buning uchun barchamiz javobgarmiz, lekin men asosiy javobgarman. Biz xatolarga yo'l qo'ydik, ammo berilmagan penalti o'yinni o'zgartiradi. Hatto zaxira hakami ham bu aniq penalti bo'lganini aytdi", - deya Xavining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq Xavi kameraga: “Uyat!” deb baqirgani xabar qilingandi.
28-Yanvar 2024,11:20