Mavsum omadsiz o'tsa "Barselona" katta moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ladi.
AS nashri xabariga ko'ra, agar mavsum yakunida kuchli to'rtlikka kira olmasa, Kataloniya klubi kelasi yili taxminan 60 million evroni qo'ldan chiqaradi. "Ko'k-anorranglilar" odatda Chempionlar ligasining chorak finalida ishtirok etish uchun byudjet ajratadi, buning uchun 10,6 million evro to'lanadi. Pley-offga chiqqanlik uchun bonus 9,6 million evro, guruh bosqichida qatnashish uchun 15,7 million evro va yangi turnir formatidagi 8 ta o'yin uchun 25 million evrogacha bonus.
Qolaversa, “Barselona” Ispaniya Superkubogiga chiqa olmasa, kamida 6 million evro yo'qotadi – eslaymizki, turnirga yo'llanma olish uchun kataloniyaliklar La Ligada 1 yoki 2-o'rinni egallashi kerak.
Bundan tashqari, agar “Barselona” 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmasa, FIFAning kamida 50 million evro pulidan quruq qoladi. Ayni damda ishtirokchilar saralab olinadigan UEFA reytingida “Barselona” 55, “Atletiko” esa 62 ochkoga ega. Qayd etilishicha, klublar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kataloniyaliklar har bir o'yinda g'alaba qozonib, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga Madriddan ikki bosqich uzoqroqda borishi kerak.
La Liganing 22-turidan keyin “Barselona” 42 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.
30-Yanvar 2024,16:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0