Xavi mavsum oxirida "Barselona"ni tark etadi. Ispaniyalik jurnalistlar uning takliflar kamligidan shikoyat qilmasligiga shubha qilishmaydi. Xavi o'z qarorini o'tgan shanba kuni e'lon qildi.
Ispaniyalik murabbiyning ta'kidlashicha, bu "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyat (3:5) emas, balki uzoqroq fikr yuritish natijasidir. U mavsum boshida bir qarorga kelishi kerak edi. Jurnalist Xavi Migel "El Chiringuito" dasturida Xavi kelajagi haqida gapirdi.
Ushbu jurnalist "Barselona"ning 44 yoshli murabbiyining do'sti sanaladi. Unga ko'ra, Xavi murabbiylik faoliyatiga qaytishga shoshilmaydi. Kelgusi mavsumda murabbiy o'z kasbidan tanaffus qilmoqchi. U bu rejani amalga oshiradimi, bu boshqa savol.
Migelning ta'kidlashicha, Xavi bilan avvalroq "Inter Mayami" rahbarlari bog'lanishgan. Florida klubi tezda "Barselona" bilan aloqasi bo'lgan odamlarni o'ziga jalb qilmoqda - u Lionel Messi, Serxio Buskets, Jordi Alba va oxirgi paytlarda Luis Suares bilan shartnoma imzoladi.
Bundan tashqari, "Inter" murabbiyi Xerardo Martino bo'lib, u jamoani bir yil davomida Kataloniya poytaxtidan boshqargan. Migel qiziq taklif tushsa, Xavi buni qabul qilishiga ishonadi. Taklif MLSdan kelishi shart emas. "Barselona" ustozi Qatarda yaxshi xotiralarni qoldirdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari uning holatini kuzatayotgani haqida xabarlar bor.
30-Yanvar 2024,22:00