"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi "Osasuna" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Men juda hayajonda va asabiy edim. Hisob 1:0 bo'lsa, 2:0 qilish vaqti kelgandi. Biz o'zimizdan ko'proq narsani talab qilishimiz kerak. Ular o'n kishi bilan o'ynashganda, biz to'pga ko'proq ega bo'lishimiz va raqibning maydonida bo'lishimiz kerak. Gol urishga sabrimiz etmadi. Bizda ikki-uchta yaqqol imkoniyat bo'ldi, ammo buni amalga oshira olmadik", - dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Yanvar oyida "Barselona" bosh murabbiyi Xavi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qilgan edi. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionati (2022/2023) hamda Ispaniya Superkubogi (2022/2023) sohibi bo'ldi.
22-turdan keyin “Barselona” 47 ochko bilan La Ligada uchinchi o'rinda bormoqda. Chempionatda “Jirona” etakchilik qilmoqda (55 ochko).
Kataloniya klubi navbatdagi o'yinni "Alaves"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da bo'lib o'tadi.
1-Fevral 2024,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0